Get Mystery Box with random crypto!

#Qalb Salaflar qalbni inson kaftiga o’xshatishadi. Har gunoh | Raad Muhammad Al Kurdi

#Qalb

Salaflar qalbni inson kaftiga o’xshatishadi. Har gunoh bitta barmoqning yopilishini, har solih amal uning ochilishini ta’minlaydi.

Tushunarliroq bo’lishi uchun:


Kaftingizni oching va barmoqlaringizni birin-ketin buking: bir (gunoh), ikki (gunoh), uch (gunoh), to’rt (gunoh), besh (gunoh).

Mushtga aylandi-a!? Mana shu Alloh muhr urgan qalb. Bu qalb egasi haqni botil, botilni haq deb o’ylaydi. U haqqa nisbatan kar, soqov va ko’rdir.

Endi ularni birin-ketin Allohni zikr qilib oching:

- Laa ilaaha illalloh (bosh barmoq ochilishi)
- Astag’firulloh (ko’rsatkich barmoq)
- Subhanalloh (o’rtasi)
- Alhamdulillah (nomsizi)
- Allohu Akbar (oxirgisi)

Barcha barmoqlar ochildi-a!?
Mana shu salim (salomat) qalbdir. Bu qalb egasi haqni qabul qiladi, botilni inkor etadi.

Barchamizda demayman, ammo ko’pchiligimizda 2-3 ta barmoq hali hanuz yopiq.

Namoz o’qiyapmiz, ro’za tutyapmiz, Qur’on tilovat qilyapmiz, ilm talabidamiz... Lekin hali ham o’sha ikki barmoq ochilgani yo’q.

Nimadir bizga yetishmayapti.

@Raad_Al