Get Mystery Box with random crypto!

'Ayoli e’zozlangan yurt' mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

"Ayoli e’zozlangan yurt" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bolib o`tdi.

Ayol – nafosat va go‘zallik timsoli. Uning mehridan qalblar sururga to‘ladi. Moʻtabar ayollarimizni qancha ardoqlasakda, shunchalar oz.
Mamlakatimizda aziz ayollarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yildan yilga kuchayib bormoqda.

Ayollar salomatligi, ularning oilada, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, baxtli va farovon hayot kechirishi uchun yetarli darajada shart- sharoitlar yaratilmoqda.

Quvasoy shahar 1-sektor hududida "Ayoli e’zozlangan yurt" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda mahalla xotin-qizlar faollari, oqila ayollar, otinoyilar, tadbirkorlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shahrimizning faol ayollari qatnashdilar.

Qalblarda shukronalik, vatanga muhabbat, kelajakka umid tuyg‘ularini uyg‘otayotgan bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar barcha mahallalarda davom etmoqda

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |