Get Mystery Box with random crypto!

Konstitutsiya barchamizniki... Quvasoy shahar 'H.Olimjon' nom | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Konstitutsiya barchamizniki...

Quvasoy shahar "H.Olimjon" nomli MFY hududidagi ochiq maydonda “О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ`ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbiri bо‘lib о‘tdi.

Tadbirda davomida shaharimizning ishbilarmon tadbirkorlari, faol deputatlar va yoshlar hamda mehnat faxriylari tomonidan mamlakatimizda inson manfaati uchun amalga oshirilayotgan islohotlar Konstitutsiyaga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish zaruratini keltirib chiqarganini ta’kidlab, loyiha bо‘yicha batafsil tushuntirishlar berib, о‘z munosabatini bildirdi.

Shuningdek 2023 yil 30 aprel kuni bо‘lib о‘tadigan referendum, “О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining eng muhim о‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan fikr bildirib, Konstitutsiyaviy tuzatishlar, birinchi navbatda, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bо‘lgan fuqarolarning muayyan shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini kafolatli tarzda ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanishi haqida aytib о‘tdilar.

О‘tkazilgan tadbirda 1500 nafardan ziyod aholining turli qatlam vakillari ishtirok etib, tadbir sо‘ngida shahar madaniyat bо‘limi tomonidan tayyorlangan el suygan san’atkorlar ishtirokidagi madaniy dastur namoyish etildi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |