Get Mystery Box with random crypto!

Konstitutsiya bizniki Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Konstitutsiya bizniki

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mamajonov Jahongir Dehkanovich bilan birgalikda siyosiy-huquqiy uchrashuv tashkillandi.

Uchrashuv davomida o'quvchilar O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar, ularning mazmun-mohiyati, referendum jarayonlari haqida, ushbu islohotlarning bevosita ishtirokchisi bo'lgan deputatimizdan yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Shu o'rinda o'quvchilarmiz ham o'zlarining qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |