Get Mystery Box with random crypto!

Endi jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, 50%gacha chegirma beriladi | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Endi jarimalarni vaqtliroq to‘lasa, 50%gacha chegirma beriladi

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-99, 23.03.2023y) ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra:

huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi;

mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |