Get Mystery Box with random crypto!

Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchilari o’quvchilarini hayotga tayyorlamoqda

Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi Quvasoy shahar alohida ta'lim ehtiyojlari bòlgan kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-maxsus maktab o’qituvchisi "Do’stlik" ordeni sohibi Nargiza Ro’ziyeva tomonidan olib borilgan ochiq dars misolida maktabda tashkil etilgan ta’lim jarayonlarini kuzatishingiz mumkin.

Bugungi kunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufida 90 ta alohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat faoliyat yuritadi. Shundan 19 ta kar va zaif eshituvchi, 17 ta koʼzi ojiz va zaif koʼruvchi, 50 ta aqli zaif, 3 ta tayanch harakati nuqsonli va 1 ta nutqida nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalaridir. Bugun ularda qariyb 42 ming nafar alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bola tahsil olib, ularga 14 yarim mingdan ortiq pedagog ta’lim va tarbiya beradi.