Get Mystery Box with random crypto!

“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon yurtim!” Quvasoy shahar | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon yurtim!”

Quvasoy shahar Bog‘bon MFY hududida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon yurtim!” shiori ostida barchamizga birdek nurafshon aylagan kunlarning birida MTM hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlarimiz ko‘ngillarga bayram shukuhini olib kirishda, o‘zlarining bayramona tadbirlarini omma oldida mamoyish etdilar.

Bunday chiroylik ob-havoda milliy taomlar hamda milliy o‘ynlarni jonbozlik bilan jajji bolajonlarimiz va yoshlarimiz, quvnoq suhbat qurib, qalblaridagi oftob nurlarini barchagamizga ulashdilar.

Kichkinlarimizning chiroyli she’r va qo‘shiqlar, raqs hamda o‘yinlari dilxush davraning zavqini beqiyos bezab berdi desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi !

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |