Get Mystery Box with random crypto!

Bayram kunlari isteʼmolchilar elektr va gaz boʻyicha qarzdorli | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Bayram kunlari isteʼmolchilar elektr va gaz boʻyicha qarzdorlik uchun tarmoqdan uzib qoʻyilmaydi — Energetika vazirligi

Oʻzbekiston Energetika vazirligi tizimda faoliyat yuritayotgan barcha korxonalar bayram kunlari isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, neft-gaz va koʻmirni qazib chiqarish, elektr energiyasi hamda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va etkazib berish boʻyicha korxonalarda maxsus shtablar tashkil etilgan.

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalar va markazlar barqaror ishlashini taʼminlash uchun kuniga oʻrtacha 47-48 mln kub metr tabiiy gaz etkazib beriladi. Shuningdek, stansiyalar uchun 70 ming tonna mazut va 230 ming tonna koʻmir yoqilgʻisi zaxirasi yaratilgan. Hududlardagi barcha koʻmir omborlariga koʻmir mahsulotini uzluksiz etkazib berilishi taʼminlanadi.

Bayram kunlari isteʼmolchilarga kuniga oʻrtacha 155 mln kub metr tabiiy gaz, 2 ming tonna suyultirilgan gaz, 5000 tonna avtobenzin, 5000 tonna koʻmir hamda 235 mln kVt-soat elektr energiyasi etkazib berilishi rejalashtirilgan.

Energetika vazirligining qoʻshimcha qilishicha, bayram kunlari isteʼmolchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan uzib qoʻyilmaydi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |