Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil bayramlari shahrimizda keng nishonlanmoqda. Yangi | QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI

Yangi yil bayramlari shahrimizda keng nishonlanmoqda.

Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir.
Shu kunlarda Quvasoy shahrida ham ana shu bayram shukuhi hukmron.

Bugun 26 dekabr kuni Bog‘bon hamda Yuqori Muyan mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi jami 132 nafar faollar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar farzandlari uchun “Yangi yil” bayram tadbirlari о‘tkazildi.

Bolajonlarga qorbobo va qorqiz ishtirokida sovg‘alar ulashildi. О‘zbekiston Respublikasi “Nihol” mukofoti sovrindori Layloxon Xalilova ishtirokida gо‘zal kuy, qо‘shq va raqslar ijro etildi.

Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati

| Facebook | Telegram |