Get Mystery Box with random crypto!

#adiblar_haqida_zamondoshlari Rashidiy: “U (Alisher Navoiy)ni | 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

#adiblar_haqida_zamondoshlari

Rashidiy: “U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi. Otasini “Kichkina baxshi” deyishgan, u saroyda amaldor boʻlgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn mirzo bilan doʻstlashgan. Sulton Husayn mirzo podshoh boʻlgach, Alisher Navoiy uning xizmatiga kelgan, mirzo uni behad qadrlab, gʻamxoʻrliklar koʻrsatgan, Mir Alisher esa xalqqa xuddi shunday gʻamxoʻrlik qilgan”.

Hakimshoh Qazviniy: “Hech kim turkiy sheʼrni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan”.