Get Mystery Box with random crypto!

Mazkur tashabbus mamlakatimizda yashil hududlarni ko‘paytirish | 📚Quvasoy axborot-kutubxona markazi💻

Mazkur tashabbus mamlakatimizda yashil hududlarni ko‘paytirish, daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni samarali parvarishlash orqali iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 mln daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shahar hamda tuman markazlarida yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilgani g‘oyat ahamiyatlidir.

Boshqacha aytganda, yurtimizdagi vazirliklar, idoralar, qolaversa, 10 mingga yaqin mahallalarda bir vaqtning o‘zida millionlab manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi.

Buning ahamiyatini yanada teranroq tasavvur qilish uchun quyidagi raqamga e’tibor qaratilsa ham ko‘p narsa oydinlashadi: yurtimizdagi 10 mingga yaqin mahallalarda mavsum davomida, ya’ni 40 kun mobaynida 75 millionta ko‘chat ekiladi. Bu bir kunda 1 million 875 mingta ko‘chat o‘tqaziladi deganidir.

Boshqacha aytganda, har bir mahallaga bir kunda o‘rtacha 7 500 tadan nihol qadaladi.  Quvasoy shahar Pakana MFY xududida joylashgan Axborot - kutubxona markazining tarmoq kutubxonasi xududiga "Yashil makon" umumilliy loyiha bo‘yicha Farg‘ona Davlat Universiteti talabalari va AKM xodimlari bilan birgalikda 100donadan ortiqroq manzarali daraht va mavsumiy gullar ekildi.