Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat Samarqandlik yoshlar! O‘zbekiston yoshlar ittifoqini | Qo'shrabot.uz | Rasmiy kanal



Diqqat Samarqandlik yoshlar!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berilishidan xabaringiz bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lishi mumkin:

1) Yoshlar ittifoqining sardorlari;
2) Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari;
3) Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar.

Mazkur imtiyozga ega bo‘lish istagini bildirgan yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasidan 12-aprel sanasiga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyat Kengashiga hujjat topshirishlari mumkin.

Batafsil: yoshlarittifoqi.uz/uz/projects/vm-914-batafsil

SHOSHILING, IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG!!!

MUROJAAT UChUN TELEFON:
(94) 282-22-09