Get Mystery Box with random crypto!

HOKIM KUBOGIning hududlar bosqichi qizgʻin davom etmoqda | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi

HOKIM KUBOGIning
hududlar bosqichi qizgʻin davom etmoqda

Ayni kunlarda Qoʻshkoʻpir tumani mahallalarida HOKIM KUBOGI uchun sport musobaqalari qizgʻin davom etmoqda. Unda yoshlar sportning voleybol, minifutbol, stol tennisi, shaxmat turi boʻyicha gʻoliblik uchun bellashmoqdalar.
Shuningdek, “Shixobod”, “Bogʻzor” va “Yoshlik” mahallasida 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan uyushmagan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida shaxmat musaboqasi oʻkazildi. Ushbu musobaqada “Bogʻzor” mahallasi yoshlari 1-oʻrinni, “Shixobod” mahallasi yoshlari 2-oʻrinni, “Yoshlik” mahallasi yoshlari esa 3-oʻrinni egalladilar.
Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan uyushmagan yoshlar musobaqaning tuman bosqichida qatnashish sharafini qoʻlga kiritishdi.

Kanalga ulanish
@Qushkupir_uz