Get Mystery Box with random crypto!

​​EʼLON Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “... Kim Mening | QUR'ON AHLIGA TUHFA

​​EʼLON

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“... Kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas” (“Toha” surasi, 123-oyat).

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo ushbu oyatning tafsirida shunday degan: “Qurʼonga ergashganning dunyoda adashmasligi va oxiratda baxtsiz bo‘lmasligiga Alloh kafil bo‘lgan” (Tafsir an-Nasafiy).

Eng to‘g‘ri yo‘ldan yurishni istaysizmi?

Baxtli insonlar qatoridan joy olishni xohlaysizmi?

Unda Allohning hidoyati – Qurʼonga ergashing!

“AlQuranuz” jamoasi bu borada sizga yordam taklif qiladi! Quyidagi mutaxassislarni hamkorlikka chorlaymiz.

1. “AlQuranuz”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini boshqarish uchun mutaxassis (admin).

2. Videomuhandis (videomontaj bo‘yicha mutaxassis).

Hozirda Telegramda 40 900 dan ziyod, Facebookda 6 900 dan ortiq, Instagramda 9 700 dan ziyod hamda Youtubeda esa 44 200 dan ortiq obunachi bizni kuzatmoqda. Kelajakda bir qator yangi lohyihalarni amalga oshirish ham rejalashtirilgan. Bu esa “AlQuranuz”ning ijtimoiy tarmoqlardagi mazkur sahifalarini boshqaruvchi mutaxassis hamda videomuhandisdan katta masʼuliyat talab etadi.

“AlQuranuz”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritishda xolis xizmat qilishni istagan mutaxassislarni hamkorlikka chorlaymiz.

Nomzodga qo‘yilgan talablar:

1. Xolis niyat bilan xizmat qilish (xizmat uchun haq ham to‘lanadi);
2. Ishga masʼuliyat bilan yondoshish;
3. Telegram, Facebook, Instagram va YouTube kabi ilovalarda ishlay olish malakasiga ega bo‘lish;
4. Video va audio yozuvlarni tahrir qilish hamda Photoshop dasturida ishlay olish malakasiga ega bo‘lish.

Biz bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lganlar quyidagi Telegram manziliga murojaat qilishlari mumkin:

@isa88a