Get Mystery Box with random crypto!

AQSHdagi taniqli tahlil markazi The RAND Corporation harbiy ek | Армия XXI

AQSHdagi taniqli tahlil markazi The RAND Corporation harbiy ekspertlari eng ekstremal variantlarni, ya'ni Rossiya NATO bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvi ehtimolini ham muhokama qilishmoqda. Bunday to‘qnashuvga olib boruvchi voqealar zanjirini keltirdi.

● Agar G‘arb o‘z yetkazmalari bilan faqat Kremlning o‘zi uchun ma’lum bo‘lgan «qizil chiziq»dan o‘tsa (katta ehtimol bilan, u Rossiya rahbariyatining urushdagi mag‘lubiyati muqarrarligi ko‘rinib qoladigan joydan o‘tadi), Kreml operativ-taktik raketalar bilan Ukraina tashqarisidagi logistik zanjirlar va omborxonalarga ham zarba berishi mumkin.

● Boshqa «yo‘li» ham bor: Rossiya rahbariyati NATOning mamlakatga hujumi muqarrar degan qarorga kelishi mumkin (masalan, agar G‘arb matbuoti va jamoatchiligidan to‘g‘ridan to‘g‘ri intervensiyaga chaqiriqlarni eshitsa). Ekspertlar hisoblashicha, bunday holatda nafaqat konvensiya ruxsat beruvchi qurollar bilan, balki taktik yadro qurollari bilan ham zarbalar yo‘llanishi ehtimoli bo‘ladi.

@Qurolli_Kuchlar_XXI