Get Mystery Box with random crypto!

Rahmat senga Kusherbayev. Rasul Kusherbayev deputatlik faoli | Quramboy Sobirov

Rahmat senga Kusherbayev.

Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini tugatishga qaror qilibdi. Parlament uchun katta yo’qotish, afsus.

Rasulning jur’ati, “dux”iga doim tan berganman, har qanday qarshilik va bosimlarga qaramay o’z printsiplarida qat’iy turishiga havas qilganman. Tan olish kerak, bu hammaning ham qo’lidan kelavermaydi.

Garchi Rasulni hurmat qilsamda, lekin uning bu galgi qarorini unchalik ma’qullamayman. Chunki Kusherbayev keng jamoatchilik uchun aynan davlat rahbari boshlagan siyosiy islohotlar yutug’ining  timsoliga aylangan, mamlakatda kuchli parlament va demokratik jamiyat qurishda ko’pchilikka ilhomlantiruvchi, umid beruvchi shaxs sifatida shakllangan edi. Unga minglab saylovchilari ishonch bildirgan, undan deputat sifatida ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishini kutishgan.

Shu bilan birga, Rasul bu qarorga osonlikcha kelmaganiga ham aminman. Ehtimol bizga ayon bo’lmagan asosli sabablari yoki shaxsiy muammolari bordur. 

Bilishimcha, deputatlikdan ketishga hali rasman ariza bilan murojaat qilmagan. Balki, saylovchilari fikriga quloq solib, yana o’ylab ko’rar va qarorini o’zgartirar. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham bu uning shaxsiy qarori va biz buni hurmat qilishimiz kerak. 

Ishonamanki, deputatlikdan ketgan taqdirda ham Rasul Kusherbayev xalq manfaatlari va adolatli jamiyat barpo etish, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish yo’lida xizmat qilishdan to’xtamaydi.

@D_Ganiyev