Get Mystery Box with random crypto!

Uloq-ko‘pkari musobaqalari tomoshasiga marhamat! “Boysun baho | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

Uloq-ko‘pkari musobaqalari tomoshasiga marhamat!

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida, ertaga, 6-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha Boysun tumani Dashtig‘oz mahallasi hududidagi adirliklarda murosasiz bahslarga boy bo‘lgan uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkaziladi.

Unda yurtimizning barcha hududlari hamda qo‘shni davlatlardan chavondozlar ishtirok etadi.

Musobaqaning sovrin jamg‘armasidan 5 ta tuya, 5 ta ot, 5 ta ho‘kiz, 20 ta qo‘y, 4 ta sarka hamda 20 ta televizor mukofotlari o‘rin olgan.

@QUMQORGONEWS