Get Mystery Box with random crypto!

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya targ‘iboti Shu kunlarda yurti | Qumqo'rg'on tumani hokimligi Axborot xizmati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya targ‘iboti

Shu kunlarda yurtimizda muhim siyosiy voqelik – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni umumxalq referendumiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda.

Hususan Qumqo’rg’on tumanidagi “Yangiyer” mahallasida joylashgan 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamjon To‘laboyev, Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri Q.Chorshanbiyev, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Sultonov hamda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

So’zga chiqqanlar tadbir ishtirokchilarini shu yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol bo‘lishga va ishtirok etishga chaqirishdi.


Telegram Facebook Instagram YouTube Web-site