Get Mystery Box with random crypto!

Jobir roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy Sollollohu al | 🌙 QUIZVIKTARINA 🌙

Jobir roziallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy Sollollohu alayhi vasallam bizga hamma ishlarda istixora qilishni huddi Qur'ondan surani o'rgatgandek o'rgatar edilar. U zot: " qachon birortangiz bir ishi qilmoqchi bo'lsa, farz namozidan Boshqa 2 rak'at namoz o'qisin. So'ng: "Allohim! albatta, men sendan ilming ila istixora qilaman. Sening qudrating ila qudrat sorayman. Sening ulug' fazlingdan so'rayman. Chunki sen qodirsan, men qodir emasman. Sen bilursan men Bilmayman. Sen g'ayblarni yaxshi biluvchi zotsan.
Allohim! agar ushbu ish menga dinimda, hayotimda va ishimning oqibatida (oxiratimda) (Yoki "hozirgi ishimdayu kelgusida" dedilar) Yaxshi ekanini bilsang, uni menga taqdir qilgin, menga oson qilgin, so'ngra uni men uchun barakali qilgin. Agar ushbu ish men uchun dinimda, hayotimda va ishimning oqibatida (oxiratimda) -yoki "xozirgi ishimdayu kelgusida",dedilar -yomon ekanini bilsang, uni mendan burib yubor, meni undan burib yubor. va menga qayerda bo'lsa ham yaxshilikni taqdir qil. So'ngra meni unga rozi qil" ,desin va hojatini aytsin",dedilar
(Buxoriy, Abu dovud, Termiziy va nosoiy rivoyat qilganlar.)

Ushbu namozni o'qigandan keyin maskur ish haqida o'ylamay, Alloh ixtiyor qilgan narsa kutib yuriladi. Keyin ko'ngilga tushib, o'ziga ma'qul bo'lib, qilgisi kelib qolsa, o'sha ish qilinadi. Bu haqida tush ko'rish ham mumkun. Agar ish bir tarafga bo'lmay, turib qolsa, istixora namozi yana qaytadan o'qiladi. Qayta o'qish yetti martagacha bo'lishi mumkin Istixora namozining birinchi rak'atida Fotiha surasidan keyin Kafirun surasi, ikkinchi rak'atida ixlos surasi o'qiladi.
Ko'rinib turibdiki, istixora namozi ham boshqa namozlar Kabi bandani Alloh taologa bog'lovchi omildir, bir ishni qilmoqchi bo'lganda Alloh taoloning o'ziga yolvorib, yaxshi yo'l ko'rsatishni sorashdir. Bu ma'no esa Musulmon kishi hayotida namozining o'rni qanchalar muhum ekanini yana bir bor ko'rsatadi.