2023-05-12 08:35:05
35 yoshgacha boʻlgan Top-30 tadbirkorlar
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishda asosiy eʼtibor
oʻzgarishlarga oson moslashadigan, zamonaviy texnologiyalarni tez oʻzlashtiradigan, kreativ fikrlarni, koʻnikmalarni qoʻllashga intiladigan yigit-qizlarga qaratilmoqda. Hududlarda yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun tegishli infratuzilma — biznes-inkubatorlar, kichik sanoat zonalari, IT-parklar, startaplar uchun inkubatorlar va akseleratorlar tashkil etilmoqda.
Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanmoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun
4 trillion soʻm miqdorida kreditlar ajratilib, 150 mingta loyiha ishga tushirildi, 325 mingta ish oʻrni yaratildi.
“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda
Oʻzbekistonning 35 yoshgacha boʻlgan 30 nafar eng yaxshi tadbirkorlar reytingini tuzdi. Birinchi bosqichda ekspertlar, yaʼni tadbirkorlar, jamoat arboblari ishtirokida 100 nafar yosh tadbirkorlar roʻyxati shaklllantirildi. Bunda nomzodlarning media va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, mahsulot yoki xizmatning innovatsiyaviyligi, tadbirkorlar faoliyatining hudud, mamlakat imijiga ijobiy taʼsiri, erishayotgan yutuqlari, biznesning ijtimoiy masʼuliyati kabi masalalar hisobga olindi.
Ikkinchi bosqichda ovoz berish yoʻli bilan
30 kishidan iborat yakuniy roʻyxat shakllantirildi. Ular orasida Payme toʻlov xizmati asoschisi va axborot texnologiyalari sohasida biznesni rivojlantirayotgan Sarvar Roʻzmatov, “Teodora Goods” agrokompaniyasi rahbari hamda Dalatek IT-platformasi hamtaʼsischisi Dildora Otajanova, TESTO restoranlar tarmogʻi hamtaʼsischisi Zamira Rahmonova va boshqalar bor.
Yuklab olish
YUKSALISH HARAKATI
2.0K views05:35