Get Mystery Box with random crypto!

ATB “Qishloq qurilish bank” “Yashil” iste’mol kreditini taklif | ATB “Qishloq qurilish bank"

ATB “Qishloq qurilish bank” “Yashil” iste’mol kreditini taklif etadi

“Yashil” iste’mol krediti quyidagi shartlarga asosan ajratiladi:

Miqdori – bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha;
Foizi – Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi (hozirgi kunda 15%);
Muddati – 5 yil;
Kredit ta’minoti - uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta tashkilotining kafolati, mol-mulk, namunaviy loyihadagi uy-joy egalari uchun qurilgan uy-joyni navbatdagi garov sifatida taqdim etilishi mumkin.

Kredit O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan doimiy daromadga ega fuqarolariga beriladi;

“Yashil” iste’mol krediti jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadida ajratiladi.

Savollar uchun aloqa telefon raqamlari:

+998 78 150 00 55 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube