Get Mystery Box with random crypto!

Fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda | QO‘YTOSH SHFY

Fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 60-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Lapasov Shohjahon geografiya fanidan o‘z ishtirokini boshladi

Samarqand viloyatida fan olimpiadasining geografiya, o‘zbek tili, tojik tili, tarix, ona tili va adabiyoti fanlaridan respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Olimpiadada respublikamizning 14 hududidan 195 nafar o‘quvchi qatnashmoqda. 60-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Lapasov Shohjahon olimpiadaning geografiya fani yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, Jizzax viloyati shaʼnini himoya qilmoqda. Vakilimizga olimpiadada omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

QO‘YTOSH SHFY TELEGRAM SAHIFALARI
@YOSH3399 | @QOYTOSH_SHFY