Get Mystery Box with random crypto!

Muhaddis, zohid, faqih Abdulloh ibn Muborakka Sufyon ibn Uyayn | خديجة الأزهرية 📚

Muhaddis, zohid, faqih Abdulloh ibn Muborakka Sufyon ibn Uyayna roضiyallohu anhuning huzurida bir savol berishdi. U kishi shunday dedi:

إِنَّا نُهِيْنَا أَنْ نَتَكَلَّمَ عِنْد أَكَابِرِنَا

“Bizga ulugʻlarimiz yonida gapirish taqiqlangan”.


Imom Zahabiy, “Siyar aʼlamin nubala”

Shu oʻrinda muhaddis, alloma, shayx Muhammad Avvoma hazratlariga “ilmiy silsilangiz Muhammad Zohid Kavsariyga borib taqalishi, u zotning ilmiy yoʻllarini davom ettirishining siz uchun qanday oʻrni bor”, deb berilgan savolga hazrat ham Abdulloh ibn Muborakdan bir naqlni keltirgan edilar:

“Bir yoʻldamiz, deb ismimizni ulugʻlar bilan birga zikr qilmangiz”.

Yuksak odob, ulkan hurmat. Subhan Alloh, dedirib yuboradigan tavoze.

(Ustoz Abdulloh Rahim sahifasidan)

@qoxiram