Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand — mamlakatimizdagi eng koʻp aholiga ega viloyat hiso | Qoʻshrabot tumani | Қўшработ тумани☑

Samarqand — mamlakatimizdagi eng koʻp aholiga ega viloyat hisoblanadi.

Viloyatda 1267 ta maktab boʻlib, 745 mingga yaqin oʻquvchi oʻqiydi. Muxbirlarimiz viloyatning eng chekka tumanlaridan biri Qoʻshrabot tumanida boʻldi.

2021-yildan boshlab umumtaʼlim maktablaridagi mavjud kompyuter va boshqa orgtexnikalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlari yoʻlga qoʻyildi. Bugunga qadar Samarqand viloyatida 252 ta maktabdagi kompyuter va boshqa orgtexnikalarini texnik qoʻllab-quvvatlash ishlari olib borildi.
Qoʻshrabot tumani XTB mudiri Xolmirza Xoliqulovning taʼkidlashicha, tumandagi 90 ta maktabda keng polosali internet oʻrnatib berilgan.

«XXI asr texnologiyalar zamoni. Bugun Qoʻshrabot tumanimizdagi 90 ta maktab internet liniyalari bilan taʼminlangan.

«Oʻzbekoʻquvavtomatika» MChJ yordamida tumanimizdagi maktablarning Wi-Fi bilan taʼminlanishi oʻqituvchilarga keng imkoniyatlar yaratmoqda», – deydi Xolmirza Xoliqulov.

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy