Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand tuman hokimlari ishdan olindi. Faoliyatida jiddiy x | Qoʻshrabot tumani | Қўшработ тумани☑

Samarqand tuman hokimlari ishdan olindi.

Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun:

— Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
— Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
— Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.Toʻxtayev;
— Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
— Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
— Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
— viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Gʻ.Mamatqulov ishdan olindi.

Ularning baʼzilariga nisbatan toʻplangan, shu jumladan korrupsiya holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi oʻrganib chiqiladi.

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy