Get Mystery Box with random crypto!

Qoʻrlos mahallasidan Prezidentga murojaat 00:00 Bizga yetib k | Qoʻshrabot tumani | Қўшработ тумани☑

Qoʻrlos mahallasidan Prezidentga murojaat 00:00

Bizga yetib kelgan video murojaatda aytilishicha, Gʻujumsoy, Zarmitan qishloqlaridan, Oltin kon sababli aholi koʻchirib kelingan va ushbu qishloq ancha kattalashgan. Shunga qaramasdan qishloqda maktab va bogʻchalar yoʻqligi iddao qilinmoqda.

Yoʻllar asfalt qilinadi deb ogʻilxona, bogʻlar surib tashlangan va 11 metrgacha kengaytirishgan. Ish esa shunday keyin oxirigacha oʻtkazilmasdan toʻxtagan!

Bundan tashqari video murojaatda aytilishicha, yoʻl qurilishi uchun 60 ming soʻmdan 250minggacha pul yigʻib olingan.

Manba

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy