Get Mystery Box with random crypto!

Kim prezident boʻlishi ertaga soat 16:00 da eʼlon qilinadi | Qoʻshrabot tumani | Қўшработ тумани☑

Kim prezident boʻlishi ertaga soat 16:00 da eʼlon qilinadi

Ertaga, ya’ni 25-oktyabr kuni soat 16:00 da bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘tkazilgan saylovning dastlabki natijalari e’lon qilinadi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev e’lon qildi.

Hozirda saylov uchastkalarida nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab chiqilmoqda.

@Qoshrabot (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/5V6toQQZSWFiZGQy