Get Mystery Box with random crypto!

Genri Fordning g'ayrioddiy qarori Bir kuni Genri Ford o'z kom | Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati

Genri Fordning g'ayrioddiy qarori

Bir kuni Genri Ford o'z kompaniyasining barcha bo'limlari rahbarlarini yig'adi va ularning bahona va shikoyatlariga e'tibor bermay, hammasini Karib dengiziga ikki haftalik sayohatga jo'natadi. Qaytib kelganlarida, ba'zilarini lavozimi ko'tarilishi, boshqalarini esa ishdan bo'shatililish kutayotgan edi.

Ford  vaqtinchalik boshliqsiz qolgan bo'limlarda ishning qanday ketayotganiga qarab, shunday qarorga kelgan edi.

Agar ish yaxshi va muammosiz davom etayotgan bo'lsa, menejer hamma narsani malakali tashkil qila olgan va bu mexanizm u yo'q bo'lsa ham soatdek ishlayveradi.

Agar barcha ishlar orqaga ketgan bo'lsa, demak, bu bo'lim ishchilari rahbarisiz hech narsaga yaramaydi va, albatta, buning uchun faqat rahbarning o'zi aybdor.

P. S. Hurmatli amaldorlar, demak, gap tongdan tungacha ishlashda emas, balki ishni to'g'ri yo'lga qo'yishda ekan)))


Yanada qiziqroq ma'lumotlar
@tarixdan_sirlar