Get Mystery Box with random crypto!

Konditsioner bo‘lmaganda, sovishga yordam beradigan usullarni | Qorako'l Olot | Ob havo | Rasmiy⛅️

Konditsioner bo‘lmaganda, sovishga yordam beradigan usullarni bilasizmi?

Gazsiz suv. Har qanday gazli ichimliklar tanani suvsizlantiradi, ayniqsa, tarkibida shakar mavjud bo‘lsa. Doimiy ravishda gazsiz suv ichishga harakat qiling — soatiga kamida 1,5 stakan. Agar unga limon bo‘laklari yoki yalpiz barglarini qo‘shsangiz, u yanada tetiklashtiruvchi bo‘ladi.

Sovuq sprey. Sprey idishini oling, uni sovuq suv bilan to‘ldiring va vaqti-vaqti bilan tanangizga purkang. Namlangan tanaga havo tekkanda, teri yuzasidagi namlik bug‘lanadi, bu bir zumda sovishga yordam beradi.

Ho‘l sochiq. Agar sportchilar tezda sovimoqchi bo‘lsa, bo‘yinlariga ho‘l sochiq tashlashadi. Sochiqni sovuq suvda namlang va bo‘yinning puls uradigan joylarini arting. Tana bir necha daqiqadan so‘ng soviydi, ta’siri taxminan 1 soatga yetadi.

Qorako'l ob havo kanali
https://t.me/+Lk_xmSsluJhkNzli