Get Mystery Box with random crypto!

Doʻstlarimiz Xurshid va Jontemirning yangi kitoblari chiqibdi. | Qora qalam

Doʻstlarimiz Xurshid va Jontemirning yangi kitoblari chiqibdi. Xabarini eshitishim bilan har ikkisidan ham sotib oldim. Juda sifatli, pishiq kitoblar boʻlibdi.

Hech ham muallif yoki nashriyotlardan kitob sovgʻa qilishini soʻramaganman. Buning birinchi sababi, har ikkisi uchun sotib olinsa, ko'proq foydali boʻlishini yaxshi tushunaman. Keyin inson oʻz mablagʻi evaziga sotib olsa, nimaiki boʻlsa oʻzgacha qadrlaydi. Ikkinchidan, sotib olingan kitobni bemalol tanqid qilish ham mumkin(kamchiligi boʻlsa, albatta). Yegan ogʻiz uyalib oʻtirmaydi. Kitoblarni oʻqib koʻrishni tavsiya qilaman!

Qora qalam - adabiyot haqida!