Get Mystery Box with random crypto!

Ketmoqchi bo'lgan inson aytmaydi, sizni ketaman deb qo'rqitmay | Qora qush

Ketmoqchi bo'lgan inson aytmaydi, sizni ketaman deb qo'rqitmaydi, ketishi haqida ogohlantirmaydi...
Qarori aniqmi, indamay, orqasiga qaramay, sizga bir og'iz aytmay ketadi...
Shunisi qo'rqinchli!
Chunki sizning emotsiyangiz, javobingiz qiziq bo'lmaydi unga, shu sabab bu haqida xabar bermaydi, javobingizni kutmaydi...
Qachon ketadi bilasizmi?
Balki ketish haqida qayta-qayta aytib qo'rqitishlaringizdan bezib ketar...
Balki siz uni shunga majbur qilganingizdan, tinglamaganingizdan, umidlarini sindirganingizdan, arzimas bahonalar sabab uni ayblayverganingizdan...
Bir og'iz so'z demaydi ketmoqchi bo'lganlar...
Tushuntirib berayotgan, sizni ayblayotgan, ketishini aytib sizni ko'nglizni og'ritayotgan bo'lsa, ketmaydi!
Hali vaqtingiz bor yoningizda qoldirishga...
Lekin befarq bo'lsa, endi kech qoldingiz!