Get Mystery Box with random crypto!

АYoL HАQIDА... • Аyol uchun arzimas narsalar ham ulkan ahamiy | Qora Fonli Vidyolar❤️

АYoL HАQIDА...

• Аyol uchun arzimas narsalar ham ulkan ahamiyatga ega ekanini koʼp erkaklar bilmaydi, shuning uchun doim tutilib qolishadi.
Mahbubiy.

• Аyolda fikr boʼlmaydi, deganlar adashadi, chunki ayolda har kuni yangi fikr boʼladi.
Bernard Shou

• Аyol ikki narsaga hech qachon ishonmaydi:
erkakka va atirga.
Hind bint Mahlab.

• Аyol mashʼalaga oʼxshaydi, erkak uni qanday tutishni bilsa yoʼlini yoritadi, tutishda xato qilsa kuydiradi!
Аnis Mansur.

• Erkak oʼtindir, ayol olov. Shayton esa olov va oʼtin orasidagi puflangan havodir.
Farang maqoli.

• Xiyonatni ayol eng oxiri biladi lekin eng birinchi sezadi.
Mahbubiy.

• Аyol qudratini mensimaydiganlar menimcha onasiz katta boʼlishgan.
Najib Mahfuz.

• Аyol latofatini uch narsa yoʼqqa chiqaradi:
- qaysarlik;
- asabiylik;
- baland ovoz.
Vilьyam Shekspir

• Аyolning goʼzalligi koʼrinmaydi, u kashf etiladi.
Mahbubiy

@Kayfarik_9696

(Reaksiya qoldirishni unutmang )