2022-08-13 22:10:27
Shayx Arifiyni kuldirgan holat...
To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali savollarga javob berayotgan Shayx Arifiyga bir yigit qo‘ng‘iroq qilib savol berdi:
—Assalaomu aleykum Shayx! Savolim bor edi, avvalo tavba qilganman Allohga hamdlar bo‘lsin! Lekin ilgari yoqtirganimni unuta olmayabman, qandaydir yo‘li bormi?
—Shayx: Allohdan duo qilib so‘ra shoyad unutsang! Dedi.
—Yigit: Unutishimga yordam beradigan ayrim duolardan o‘rgata olasizmi?
—Shayx: “Allohim qalbimda iymon qil! Eshtishimda iymon ber! Ko‘zlarimga iymon ber! Har yo‘limda iymon bergin!” deb ayt, keyin... deb tursa boyagi yigit Shayxni to‘xtatib:
“Kechirasiz Shayx! Mahbubamni ismi Iymon edi ( boshqa duo yo‘qmi” dedi. Shunda Shayx kulgusini to‘xtata olmay xatto efirga uzatishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan ekan.
Arablarda “Iymon” deya qizlarga ism qo‘yish urfga kirgan.
Qo'qonliklar
https://t.me/+SP-LXbGgmMci5lBD
315 viewsedited 19:10