Get Mystery Box with random crypto!

Oʻksinmang...Hech qachon BAXTIM kam deya, Endi koʻzda mudom | Qᴏɴʟɪ KᴜNᴅAʟɪGɪᴍ🥀💔

Oʻksinmang...Hech qachon BAXTIM
kam deya,
Endi koʻzda mudom armon, nam
deya...!
Siqilmang...bu dunyo azal gʻam deya,
SIZ hali hammadan BAXTLI
boʻlasiz...!
Bilaman, bu dunyo-aslida bir kam,
Kimning koʻksi togʻdek, kimning
koʻzi nam.
VAQT bariga malham,VAQT oliy
hakam,
SIZ hali hammadan BAXTLI
boʻlasiz...!
VAQT oʻtib, shundayin zamon
boʻladi,
Suvsiz saxrolarda, ummon boʻladi.
BAXTINGIZ, kimlargadir, ARMON
boʻladi,
SIZ hali hammadan BAXTLI
boʻlasiz...!
Bugun ortingizdan GʻIYBAT
qilarlar,
Oqni qora deya, TUXMAT qilarlar.
Koʻrasiz...Ertaga XASRAT
qilarlar,
SIZ hali xammadan BAXTLI
boʻlasiz...!