Get Mystery Box with random crypto!

Bir narsani tushundimki, ba'zi xulqi buzuq insonlarni psixika | Qomus | manba

Bir narsani tushundimki, ba'zi xulqi buzuq insonlarni psixikasi bilan ishlash, huddiki yuzdagi dog‘larni ustiga tonalniy krem surtish bilan barobar ekan. Baribir ham dog‘ yo‘qolib qolmaydi, uni asl sababi ichki organlarda.

Bir kuni "Zirapcha" ko‘rsatuviga ko'zim tushib qoldi. Bari xulqi yomon qizlar yig'ilgan, va ular bn ishlash uchun bir nechta psixologlar biriktirilgan. Haligi qizlar tinmasdan isterika qiladi, jahldor, hammani behurmat qiladi, gap qaytargan vhkz va ularni ratsioni haqida ham ma‘lumot berishdi.

Ularga shakar berishmoqchi emasdikan ekspertlar, lekin ular shakar yeymiz deb janjal chiqarishibdi. Undan tashqari har kun kartoshka qovurib yeyisharkan, yana rafinadlangan pista yog‘ida buni o'zlari xohlashibdi. Men hali oq non va shirinliklarni gapirmadim. Bunday noto'g'ri ovqatlangan inson na ruhan va na jismonan sog'lom bo'ladi. Mana nimaga bolalar hozir giperaktiv, kattarlarni hurmat qilmaydigan, gap qaytaradigan, telefonga mukkasidan ketgan?


Ularni psixologiyasi bilan ishlash befoyda, qachonki ratsionini to‘g‘irlamaguncha. Inson hech qachon o'zidan o'zi jahldor, asabiy, qisqa qilib aytganda yomon xulqli, to‘rsillagan bo'lib qolmaydi. Ovqatlanish 95% sababchi bunga.

Katalarni gaplari bor a? " Bizni yoshligimizda unaqa emasdi, biz kattalarga gap qaytarmasdik, nima desa ho‘p deb eshitib turardik, bizni yoshligimiz u edi, bu edi" deb, o‘zlarini yoshligini gapirishadi va hozirgi bolalardagi yomon xulq atvorlarni gapirishadi.


Ho‘p endi, kattalarni ovqatlanishi qanday bo‘lgan va hozirgilarniki qanday? Oldinlari buuuu darajada shakar ko'p bo‘lmagan. Eng zo'r shirinlik "novvot" hisoblangan, uniyam har kuni yeyishmagan, onda sonda bir.


Hozirgidek darajada himikatlar bo‘lmagan, turli xil kremlar, kosmetikalar, shampun, gel, balzam, zubnoy pastalar, soda- sovunlarni, plastik idishlarni-yu gapirmasa ham bo'ladi. Hozir shu darajada atrof toksichniykiii, nafas olishga ko'chaga chiqsak, mashinalardan zaharli gaz chiqib turadi .

Sog'lom va tabiiy hayotni saqlab qolish vaqti keldi, balki tog‘ga qo'y boqishga chiqib ketadigan zamonlar shudir)))

Koʻchirildi(maxfiy)