Get Mystery Box with random crypto!

#Yetkazing Odatda ilmga targʻib qilinganda ilmning, olimlarni | Qohiram | قاهرتي 📚✨

#Yetkazing

Odatda ilmga targʻib qilinganda ilmning, olimlarning fazilati, ularning darajalari haqida gapiriladi.

Lekin, afsuski, koʻpchilik bu pogʻonada emas.

KOʻPCHILIK ILM OLMASA GUNOHKOR BOʻLADIGAN POGʻONADA.

Har bir kishiga farz boʻlgan ilmlar bor.

Shahodat kalimasining maʼnolari, shartlarini bilish.
Kufr, shirk masʼalalarini bilish.
Iymon arkonlarini bilish.
Islom arkonlarini bilish.
Harom, halolni bilish.
Ota onaga, qarindosh, qoʻshnilarga muomala masʼalalarini bilish.
Har bir odam oʻzi shugʻullanadigan narsaning fiqhini bilishi. Masalan: savdo bilan shugʻullanadigan odam maʼlum bir miqdorda savdo sotiq masʼalalari fiqhini bilishligi. Ijaraga berish bilan shugʻullanadigan odam ijara fiqhini bilishi va hokozo.

Dinni butkul oʻrganmasdan tashlab qoʻyish dindan yuz oʻgirish hisoblanadi. Yuz oʻgirish esa (Alloh saqlasin) KUFR.

{وَمَا كَانَ الْمُؤْمِنُونَ لِيَنفِرُوا كَافَّةً ۚ فَلَوْلَا نَفَرَ مِن كُلِّ فِرْقَةٍ مِّنْهُمْ طَائِفَةٌ لِّيَتَفَقَّهُوا فِي الدِّينِ وَلِيُنذِرُوا قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوا إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ} [التوبة:122]. قال القرطبي رحمه الله: „هذه الآية أصل في وجوب طلب العلم“.

„Moʻminlarning hammalari (jangga) qoʻzgʻolishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa boʻlsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir boʻlsalar.“ (Tavba 122)

Imom Qurtubiy rohimahulloh bu oyat ILM OLISH VOJIB ekaniga dalolat qiladi deydilar.

Va ulamolar yuqoridagi kabi baʼzi ilmlar FARZI AYN ekaniga IJMO qilishgan. Ijmoʼ esa shariatda dalil hisoblanadi.

Qisqasi hozir koʻpchilik ILM FARZ boʻlgan pogʻonada.

ALLOHDAN QOʻRQAYLIK VA ILM OLAYLIK!

@qohiram