Get Mystery Box with random crypto!

HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Telegram kanalining logotibi qodirqaxxorsherlari — HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari ) H
Telegram kanalining logotibi qodirqaxxorsherlari — HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )
Kanal manzili: @qodirqaxxorsherlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.16K
Kanalning ta’rifi

✍SHOIR📃 "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.🎼
Mualliflik huquqiga rioya qiling❗
✅Taklif va sher buyurtmalar uchun❗
ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor
https://www.instagram.com/qodirqaxxor
Inistagramda👆

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-08 21:15:03 Кириб келаётган Қурбон Ҳайит айёми муборак бўлсин қадрдонларим...

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
990 views , edited  18:15
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:30:02 Борлигинг бахт аслида

Дард ортидан келса бахт,
Дардлар унут бўларкан.
Энди бахтлиман десанг,
Яна дардлар келаркан.

Дард билан гоҳ бахт билан,
Яшамоқ барбир гўзал.
Ўткинчи бу дунёда,
Яхшилик қилган афзал.

Бойчечак тополмасанг,
Қахратон қиш фаслида.
Бахцизман дема одам,
Борлигинг бахт аслида.

15:28.06.07.2022

Муаллиф: Қодир Қаххор

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
1.1K views , edited  10:30
Ochish/sharhlash
2022-07-05 21:58:12 Сенсиз бахтли бўлармидим

Бир кўришга муштоқману,
Сендан олис яшайманда.
Гўё мени лайлимсану,
Мен мажнунга ўхшайманда.

Сени дея телба юрак,
Унга ўзинг давосанда.
Кўзларингсиз яшолмайди,
Гўё сув ва ҳавосанда.

Бу дунёда кўзларингсиз,
Мен жилмайиб кулармидим.
Юрак сени дея урса,
Сен сиз бахтли бўлармидим.

Қошинг қора кўзинг оҳу,
Ғариб кўнгил севди сени.
Сенга етиш ҳали орзу,
Зор айлама фақат мени.

Гуллар берай десам сенга,
Гуллардан ҳам гўзалсанда.
Шерларимда айтолмайман,
Ёзилмаган ғазалсанда.

Бу дунёда кўзларингсиз,
Мен жилмайиб кулармидим.
Юрак сени дея урса,
Сен сиз бахтли бўлармидим.

23:22.04.07.2022

Муаллиф: Қодир Қаххор

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
989 views , edited  18:58
Ochish/sharhlash
2022-06-21 07:10:23 SEVINCHXON

(S.Xoliqova uchun)

Oddiygina qizcha edi u,
Orzulari edi bir jahon.
Vaqtlar o’tib o’zgarib ketdi,
Mashxurlikni quchgan Sevinchxon.

Salom alik edi joyida,
Naxot shunday o’zgarsa inson.
Yo’qlamay ham qo’ydi hattoki,
Mashxurlikni quchgan Sevinchxon.

Juda ham yosh mashxur boshlovchi,
Mikrafoni qo’lida har on.
Sherlarimni o’qib turardi,
Mashxurlikni quchgan Sevinchxon.

Mayli bizlar nima ham derdik,
Kecha sizni tvda ko’rdik,
Unitibsiz bizni xo’p bildik,
Mashxurlikni quchgan Sevinchxon.

Ne bo’lsa ham bir kam dunyoda,
Diydoringiz bo’lmasin armon.
Yo’qlab turing Qodirni ham siz,
Mashxurlikni quchgan Sevinchxon.

22:22.20.06.2022

Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
1.4K views , edited  04:10
Ochish/sharhlash
2022-06-16 12:18:03 ILK MUXABBAT

Daraxtdagi qizil olmani,
Uzmoq uchun chiqdim shoxiga.
Qizil olma yoqardi senga,
Yoshligimiz tushdi esimga.

Qush bo’lsamu samolar quchib,
Visolingga qani yetolsam.
O’n oltiga to’libdi yoshing,
Olisdasan qani borolsam.

Bolalikda edik yonma yon.
Yiroqlashib ketting nogoxon.
Shundan beri ko’rmadim seni,
Diydoringni izlayman har on.

Diydor uzoq ko’ngillar yaqin,
Ilk muxabbat o’chmaydi qalbda.
Peshonamga yozilgan bo’lsang,
Uchrashamiz bizlar albatta.

Onam topdi go’zal qizlarni,
Hech biriga ko’nglim to’lmadi.
Yoshligimdan sevaman seni,
Senga bo’lgan xislar so’nmadi.

Sokin tunlar qalam tebratib,
Uxlamay ham qo’yganman butkul,
Sherlarimni o’qib sevinib,
Izlab kelib qolarsan bir kun.

22:22.15.06.2022

Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
1.2K views , edited  09:18
Ochish/sharhlash
2022-06-11 06:44:30 #qoshiq Premyera

Ixtiyor Xudoyberdiyev - Ona ketdik shahar ko'rsatay

Sher mualiffi: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Hayotiy sherlar kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
1.2K views , 03:44
Ochish/sharhlash
2022-06-02 21:59:15 Samira - Men ishdagi odamman

Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
1.7K views , edited  18:59
Ochish/sharhlash
2022-06-02 16:19:01 Onamga o'xshagan qizlar bormikan?

Bo’ydoqlik ham jonga tegdi do'stlarim,
Yolg'izlarga bilmam dunyo tormikan.
Uylanaman men ham shu yil do'stlarim,
Onamga o'xshagan qizlar bormikan?

O'zi go'zal tengsiz ibo hayoda,
Irodami balki ismi Ziyoda.
Eh do'stlarim o'zi yorug' dunyoda,
Onamga o'xshagan qizlar bormikan?

Osmondagi oyni orzu qilmayman,
Bazilardek boyni orzu qilmayman,
Dunyo kezib ko’rsammikin bilmayman,
Onamga o'xshagan qizlar bormikan?

Yolg’izlikda sira ko’nglim to’lmaydi,
Hayollarim janonlarni o’vlaydi,
Onamga o’xshasa yomon bo’lmaydi,
Onamga o’xshagan qizlar bormikin.

Tag’dir bo’lsa to’y ham bo’lar bir kuni,
Topar har bir yigit o’zin juftini,
Qodir do’stim aytgin menga sen shuni,
Onamga o'xshagan qizlar bormikan?

17:22.02.06.2022

Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
1.4K views , edited  13:19
Ochish/sharhlash
2022-06-01 21:38:51 O’jarliging jonga tegdi.

O’jarliging jonga tegdi,
Nega qiynaysan meni.
Menga juda mossanu,
Qaysarliging bor seni.

So’zlarimga quloq sol,
Sevamanda rostanam.
Ko’zlaringga termulsam,
Titrab ketar bu tanam.

Kulib qo’ydingku axir,
Gullar bersam qo’lingga.
Rad javobin beribsan,
Onam borsa uyingga.

Voy sevaman desang sen,
Ishonibman so’zingga.
Nozlaringni yig’ishtir,
Go’zal bo’lsang o’zingga.

Sevmasang mayli gulim,
Men ketaman uzoqqa.
Yetar shuncha kulganing,
Ilintirib tuzoqqa.

Topolmaysan mendayin,
Afsus qilmasang bo’ldi.
Qayda ekan Qodir deb,
Bag’ring yulmasang bo’ldi.

23:22.01.06.2022

Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
1.2K views , edited  18:38
Ochish/sharhlash
2022-06-01 20:31:05 ILXOM KELMAY QO'YDIKU

Boshim to'la har xil so'z,
Lekin oppoq bu qog'oz,
Ilxom o'girdimi yuz,
Ilxom kelmay qo'ydi-ku.

Dartlarim bor bir qancha,
Sher yozish kerak ancha,
Go'yo ochilmay g'uncha,
Ilxom kelmay qo'ydi-ku.

Qo'limda yana qalam,
Sher so'raydi do'stlar ham,
Ilxom yo'q qildi alam,
Ilxom kelmay qo'ydi-ku.

Bir so'zni yoza olmay,
Harakat qildim tinmay,
Axir man nima qilay,
Ilxom kelmay qo'ydi-ku.

Ey hayol boshni qotir,
Ilxomni tezroq chaqir,
Qiynalib ketti Qodir,
Ilxom kelmay qo'ydi-ku.
Sabr kosam to'ldi-ku.

Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
1.0K views ✱┄অঠ͜͜͡͡ OĐĐĮÝ ŞHOĮŘ ͜͜͡͡ঠঅ┄✱ , edited  17:31
Ochish/sharhlash