Get Mystery Box with random crypto!

Do’stlarimga achinamanda Ichib chekib yursa do’stlarim, Ko’ri | HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )

Do’stlarimga achinamanda

Ichib chekib yursa do’stlarim,
Ko’rib biroz xo’rsinamanda.
O’z qadrini o’zi bilmagan,
Do’stlarimga achinamanda.

Mexnat qilib halol pul topgan,
O’sha pulni xaromga yoygan,
Qo’lda qadah may quli bo’lgan,
Do’stlarimga achinamanda.

Uyda juftu haloldan kechgan,
Yod begona qizlarni quchgan,
Oxiratni butkul unutgan,
Do’stlarimga achinamanda.

Gunoxligin bilib tursa ham,
Zinoni hech qilmaydi kanda.
Egri yo’lni to’g’ri deb bilgan,
Do’stlarimga achinamanda.

O’sha tutun o’lgurni yutib,
Samolardan uchar balandda.
Shu narsaga o’rganib qolgan,
Do’stlarimga achinamanda.

Yo’qolmasin iymon degani,
Jonim achib ko’p aytamanda.
Nomozni ham eslamay qo’ygan,
Do’stlarimga achinamanda.

Aslo og’ir botmasin sizga,
Men oshkora aytgan so’zlarim.
Tavba qilib har kun xudoga,
Xarom yo’ldan qayting do’stlarim.

22:28.13.07.2022

Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Ko'ngilga yaqin sherlar..
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg