Get Mystery Box with random crypto!

Yolovchilar diqqatiga! Yangi yo‘nalish! 2022-yil 20-iyundan b | 🚆"𝗤𝗢ʻ𝗤𝗢𝗡 𝗠𝗧𝗨" 𝗨𝗞 𝐀𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐞𝐱𝐩𝐫𝐞𝐬𝐬 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐢

Yolovchilar diqqatiga! Yangi yo‘nalish!

2022-yil 20-iyundan boshlab 301/302-sonli “Dushanbe – Toshkent — Dushanbe” yo’nalishida yo‘lovchi poyezdi harakatlanishni boshlaydi.

Mazkur poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari jo'nab ketadi va seshanba kunlari soat 13:43da Toshkentga yetib keladi.

Toshkentdan haftaning har seshanba kuni soat 16:15da jo‘nab ketib, Dushanbega chorshanba kuni yetib boradi.

Ma'lumot uchun: Toshkentdan Dushanbegacha temir yol orqali bo‘lgan masofa 916 km.ni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.

90/89-sonli “Dushanbe – Toshkent — Dushanbe” yo’nalishida yo‘lovchi poyezdi 10 ta vagondan: 4 kupe, 5 platskart va vagon-restorandan iborat.

Sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda chipta narxi 381.476 so‘mdan boshlanadi.

Сhiptalarini temir yo‘l kassalaridan yoki www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqali xarid qilish mumkin.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi