Get Mystery Box with random crypto!

BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN! Bolalar yomon niyatl | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!