Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga o’zingizni boshqalar bilan taqqoslamasligingiz kerak? | Qiziq

Nimaga o’zingizni boshqalar bilan taqqoslamasligingiz kerak?

Ko’pincha insonlar muvaffaqiyatni raqamlar, maosh va yutuqlar bilan o’lchashga o’rganib qolgan. Ammo, shuni esda tutish kerakki, har kimning o’z yo’li bor va u boshqalarnikidan farq qilishi mumkin.

Nimaga insonlarni taqqoslash aldamchi tushuncha?

Turli hikoyalar: Insonlar boshdan kechirgan tajribalar va qiyinchiliklar turlicha. Bir kishiga mos keladigan holat boshqasiga mos kelmasligi mumkin.

— Turli maqsadlar va orzular: Muvaffaqiyat - subyektiv tushuncha. Kimdir uchun bu moliaviy erkinlik, kimdir uchun ijodiy erkinlik va yana kimlargadir baxt ulashish.

Bosim: Taqqoslash orqali insonga ortiqcha stress va noto’g’ri qarashlarni singdirib qo’yishingiz mumkin. Har bir insonni o’zi yurishi kerak bo’lgan hayot yo’lagi mavjud.

— O’ziga bo’lgan ishonchni tushirish: Bir insonni muvaffaqiyatini ko’rib, sizga yutuqlaringizni kichikdek tuyulishi mumkin. Unutmang, ijtimoiy tarmoqlardagi mashinalar, uylar shunchaki illyuziya bo’lishi mumkin, tanganing boshqa tomoniyam albatta bo’ladi.

Qiziq — kanalini kuzatib boring!