Get Mystery Box with random crypto!

Chips qadoqlarining yarmi havo bilan toʻldirilgan. Koʻpchilik | Qiziq

Chips qadoqlarining yarmi havo bilan toʻldirilgan.

Koʻpchilik odamlar chips'chilar chips miqdori koʻproq koʻrinishi uchun qadoq yarmini havo bilan toʻldiradi, deb oʻylaydi. Menimcha, siz ham. Endi esa haqiqatni bilib olamiz.

Toʻgʻri, qadoqlar ataylab yarmigacha havo bilan toʻldiriladi, lekin bu sizni chuv tushirish uchun emas (yoki faqatgina bu uchun emas). Chipslar moʻrt boʻlib, doʻkonlarga tashish davomida oson sinib, ishtaha ochar koʻrinishini yoʻqotishi mumkin. Buni oldini olish uchun esa baʼzi kompaniyalar qattiq silindr shaklidagi qadoqlarni oʻylab topishdi (pringles), boshqalari esa yumshoq qadoq qilib, uni havo bilan toʻldirishni maʼqul koʻrishgan (lays).

Qiziq — kanalini kuzatib boring!