Get Mystery Box with random crypto!

MUSHUK XONIM Qadim zamonda Yupiter va Vena, maxluqotlarning o | Qiziqarli adabiyot

MUSHUK XONIM

Qadim zamonda Yupiter va Vena, maxluqotlarning o‘zgarish-o‘zgarmasligi haqida bahs qilishibdi.
Yupiter:
— O‘zgaradi, — debdi.
Vena esa:
— O‘zgarmaydi, — deb turib olibdi.
Shunda Yupiter qarori to‘g‘riligini isbotlar uchun bir mushukni olib suluv qizga aylantirib qo‘yibdi. Keyin uni xushbichim, kelishgan yigitga nikohlamoqchi bo‘libdi.
Katta nikoh marosimidan so‘ng ular ziyofat dasturxoniga kelishibdi. Bularni kuzatib turgan Yupiter:
— Unga qara, — debdi. — Qanday odob bilan tanovul qilmoqda, to‘g‘rimi? Kim shunday go‘zal, yosh qizni mushuk deb o‘ylaydi?! Qara, yaratilish o‘zgarar ekan.
Vena:
— Shoshma, do‘stim. Hozir ishning aslini bilamiz.
Shu zahoti Vena bir sichqonni olib kelib, eshikdan ichkariga qo‘yib yuboribdi. So‘ng ikkovi nima bo‘lishini qiziqib kutishibdi.
Haligi qiz sichqonni ko‘rar-ko‘rmas, mehmonlarga ham qaramay, dasturxon osha sichqonni quvlay ketibdi.
Shunda Vena:
— Do‘stim, yaratilish asliyati hech qachon o‘zgarmaydi, — debdi.

«Lafonten masallari» kitobidan olindi

https://t.me/qiziqarli_adabiyot