Get Mystery Box with random crypto!

BOLANGIZNI QARGʻAMANG! Umar roziyallohu anhu qo‘li shol bo‘li | Qiziqarli faktlar💯

BOLANGIZNI QARGʻAMANG!

Umar roziyallohu anhu qo‘li shol bo‘lib qolgan keksa kishini ko‘rib, undan:
“Qo‘lingizga nima bo‘ldi?” deb so‘radi. U: «Otam johiliyat davrida “Qo‘ling shol bo‘lsin!” deb duoibad qilgandi. Shu bois shol bo‘lib qolgan», deb javob berdi.

Bu gapni eshitgan Umar roziyallohu anhu: “Otalarning johiliyat davridagi duosi shunday bo‘lsa, Islomga kirib, musulmon holda qilgan duosi qanday ekan-a?!” dedi.

Birodarlar! Farzandlarimizning biror a’zosiga nuqson yetishiga sabab bo‘lmaylik, tilimizni tuzataylik! Bolalarimizni duoibad qilmaylik, tag‘in qilgan duoimiz ijobat bo‘lib qolmasin!