Get Mystery Box with random crypto!

Gloria Jeans Bugungi kunda u Rossiyadagi eng yirik kiyim ishl | Qiziqarli Marketing

Gloria Jeans

Bugungi kunda u Rossiyadagi eng yirik kiyim ishlab chiqaruvchilardan biri va mamlakatdagi eng taniqli brenddir. Statistikaga ko'ra, bu brend haqda 95% inson biladi.

Ulgurji va chakana savdo imperiyasining tarixi Sovet Ittifoqi davrida boshlangan. Brend asoschisi, o'sha paytlardagi yosh tadbirkor Vladimir Melnikov mamlakatda birinchi jinsi shimlar ishlab chiqarish orzusi bilan yashagan.


O'sha kunlarda tadbirkorlik taqiqlangan edi. Ammo umidsiz vaqtlar umidsiz choralarni talab qiladi, shuning uchun Melnikov xavfli qadam tashladi - u yer ostida korxona ochdi.

Hamma narsa silliq kechmadi, lekin u shu ishni qilishga majbur edi. Tadbirkor bir necha bor panjara ortida "o'tirib chiqgan". Bir marta u Amerika Qo'shma Shtatlaridan ishlab chiqarish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirishi kerak bo'lgan tikuv mashinalariga buyurtma bergani uchun qamoqqa tashlangan. U aeroportda hibsga olingan, hatto buyurtma qilingan jihozlarni ko'rishga ham ulgurmagan.

To‘g‘ri, o‘z orzusiga sodiq tadbirkorni qonun bilan kelishmovchiliklar ham to‘xtata olmaydi. SSSR'da kooperativlarga ruxsat berilishi bilanoq, Melnikov yangi korxona ochdi va uni "Gloria" deb nomladi. Shunday qilib, biznes qonuniy asosga ega bo'ldi.

U o'z oldiga barqaror vazifani qo'ydi - "Har bir kishi sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun o'rta dizaynli, yuqori sifatli va arzon jinsi shimlar ishlab chiqarish".

1992 - yilda uning kompaniyasi 40 ming dona mahsulot ishlab chiqargan. Ishlab chiqarish bazasi 200 taga yetdi, davlat korxonalariga buyurtmalar berila boshlandi. Ochilganidan roppa-rosa 10 yil o'tgach, Gloria Jeans ishlab chiqarish hajmi, mahsulot sifati va miqdori bo'yicha Rossiyadagi eng yirik tikuvchilik korxonasi deb topildi.

2013 - yilda ular Rossiyadagi "200 ta yirik xususiy kompaniyalar" ro'yxatiga kiritilgan. Financial Times ular haqida shunday yozadi – "Brend haqli ravishda "xalq" unvoniga ega bo'ldi."

Kompaniya asoschisi hali ham ishtiyoqini yo'qotmagan va o'z ishini sevadi. Agar u ish safarida bo'lmasa, soat 8 dan ishda va odatda kechqurun 8-9 gacha ishlaydi. Deyarli frilanser)

Brend yaratilganidan beri Melnikovning dastlabki vazifasi o'zgarishsiz qoldi - endi har bir uyda uning jinsi shimlari bor. Agar biz ulgurji mahsulot uchun o'rtacha narxlar oralig'ini olsak, bu 3 dan 8 dollargacha. Bu valyuta kursiga qaramay, importdan bir necha barobar arzon hisoblanadi.

*Qizig'i shundaki, endi siz ham ushbu Brend haqida biladigan 95% odamlardan birisiz!

@qiziq_marketing