Get Mystery Box with random crypto!

'mGovAward' - mukofot jamgʻarmasi $100 000 bo'lgan tanlov doir | Qiziltepa IT Center

"mGovAward" - mukofot jamgʻarmasi $100 000 bo'lgan tanlov doirasida yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi!

2-mart kuni Navoiy viloyatida "mGovAward" tanlovi bo’yicha seminar bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovning maqsadi talabalar va o’quvchilarni davlat mobil ilovalarini yaratishga qiziqtirish, yangi va kerakli mobil ilovalarni ishlab chiqish hamda eng yaxshi loyihalarni moliyaviy rag’batlantirishdan iborat.

Birlashgan Arab Amirliklari homiylik qilayotgan grand mablag'i 100.000 dollarni tashkil etadi:
1-o'rin 50.000 $;
2-o'rin 30.000 $;
3-o'rin 20.000 $;

Ushbu yutuqni qo'lga kiritish uchun davlatimizdagi biron muammoni hal qiladigan mobil ilova yaratish talab qilinadi. Tanlovda qatnashish shartlari va batafsil ma'lumot
mgovaward.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni
kuzatib boring!
Telegram | Instagram |Guruh
Youtube | Facebook |