Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston 'Yos | YANGI QIZILTEPA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamkorligida tashkil etilgan Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘rtasidagi sport musobaqalarining Respublika final bosqichi o‘tkazildi.

Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan final bosqichda barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan ishtirokchilar sportning "Yengil atletika", "Shaxmat" va "Quvnoq estafeta" turlaridan o‘zaro kuch sinashishdi.

Navoiy viloyati jamoasi tarkibida tumandagi 36-sonli maktab-internati o‘quvchilari ham ishtirok etib, 2-o‘rinni egallashdi.
——————————————
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Ўзбекистон "Ёшлик" жисмоний тарбия ва спорт жамияти ҳамкорлигида ташкил этилган Имконияти чекланган болалар учун ихтисослаштирилган мактаб-интернатлари ўртасидаги спорт мусобақаларининг Республика финал босқичи ўтказилди.

Бухоро вилоятида бўлиб ўтган финал босқичда барча вилоятлар, Қорақалпоғистон Республикаси ва Тошкент шаҳридан иштирокчилар спортнинг "Енгил атлетика", "Шахмат" ва "Қувноқ эстафета" турларидан ўзаро куч синашишди.

Навоий вилояти жамоаси таркибида тумандаги 36-сонли мактаб-интернати ўқувчилари ҳам иштирок этиб, 2-ўринни эгаллашди.