Get Mystery Box with random crypto!

OYDIN HOJIYЕVA – HAQIQIY O‘ZBEK AYOLI TIMSOLI Oydin Hojiyeva | YANGI QIZILTEPA

OYDIN HOJIYЕVA – HAQIQIY O‘ZBEK AYOLI TIMSOLI

Oydin Hojiyeva
— davr voqealarini o‘z she’rlarida takrorlanmas xususiyatlar bilan aks ettirgan, vatandoshlari va zamondoshlarining shijoati, matonati, ko‘z yoshlariyu qadoq qo‘llarini lirik qahramoni sifatida o‘zining his-tuyg‘ulari va kechinmalari orqali ifodalagan yetuk shoira, salohiyatli o‘zbek ayolidir.                                                                                                        

O‘zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva tavalludining 81 yilligi munosabati bilan Qiziltepa  tumanidagi  1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ijodiy kecha tashkil etildi. 

Tadbirda “El yurt hurmati” ordeni sohibasi R. Valiyeva, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati M. Karimova, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari N. Kenjayev, shoiraning yaqinlari, shogirdlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ijodiy kechada shoiraning ijodiga bag‘ishlangan mushoira kechasi, maktab xodimlari va ijodkor o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar hamda ijodkorning hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.