Get Mystery Box with random crypto!

Qisqacha izohli lugʻat! • Tеlеvidеniya — tarbiyaga muhtoj t | 𝙌 𝙞 𝙏 𝙈 𝙞 𝙍 🎭 KuLGu😂

Qisqacha izohli lugʻat!

• Tеlеvidеniya — tarbiyaga muhtoj tashkilot;
• Doʻxtir — dorixonaning ish yurituvchisi;
• Dorixona — doʻxtirga retsept uchun tavsiya beradigan ilmiy markaz;
• Rieltor — ham enidan, ham boʻyidan daromad koʻruvchi shaxs;
• Aeroport — kutish zali boʻlmagan ketish yeri;
• Uy — ishdan dam oladigan joy;
• Ish — uydan dam oladigan joy;
• Grin kart — eng yomon koʻrilgan joyga bir umr kutiladigan yoʻllanma;
• Sartaroshxona — ma’lumot almashish markazi;
• Kutubxona — qizil kitobga kiritilishi kerak boʻlgan yagona makon;
• Sеvgi — yoshlarning boʻlajak qaynota choʻntagiga koʻngil qoʻyishi;
• Kuyov — injiq erkatoy;
• Kеlin — erkaligi toʻygacha koʻtariladigan shaxs;
• Xotin — jafo;
• Er — uyam jafo;
• Fеysbuk — oʻziga jilo berilib koʻrinish qilinadigan sahna;
• Odnoklassnik — jiloga ham muhtoj boʻlmagan talotoʻp maydon;
• Dеlo (aybnoma) — buyuk san’at asari;
• Sovchi — kelin tarafning moddiy ahvolini analiz qiluvchi uyushgan toʻda.


Doʻstlarga ulashing

Reaksiya bildiramiz

@Qitmir_Kulgu siz izlagan pozitiv kanal