Get Mystery Box with random crypto!

Bir chukcha qish qanday kelishini bilish uchun shamanning oldi | 𝙌 𝙞 𝙏 𝙈 𝙞 𝙍 🎭 KuLGu😂

Bir chukcha qish qanday kelishini bilish uchun shamanning oldiga boribdi:
- Shaman, bu yil qish sovuq qanday keladi?

Shaman oʻylabdi: “Agar bu yil iliq boʻladi desam, bu chukcha qishga oʻtin gʻamlamaydi, qish sovuq kelsa muzlab oʻlishi mumkin. Yaxshisi sovuq boʻladi deb qoʻyaveray. Zarari yoʻq-ku oʻtin gʻamlab qoʻysa".
- Bu yil har yilgidan koʻra sovuqroq boʻladi.

Bu gapni eshitib chukcha tundraga oʻtin yigʻishga ketibdi. Shaman oʻylanib qolibdi.“Bu yil qish iliq boʻlsa-chi, yaxshisi gidromedtsentrdan soʻrab bilay".
- Allo, bu ob-havoni bilish markazimi?
- Ha.
- Bu yil qish iliq keladimi yo sovuqmi?
- Bu yil qish xar yilgidan sovuq kelishi aniq.
- Nega, buni qadan ishonch bilan aytyapsiz?
- Ana, Tundrada chukcha bugʻulari bilan oʻtin gʻamlab yuribdi...

П.С.: Bu yil ham qish sovuq keladiganga oʻxshaydi. Ishqilib, tappini gʻamlab qoʻydingizmi!?


Doʻstlarga ulashing

Reaksiya bildiramiz

@Qitmir_Kulgu siz izlagan pozitiv kanal